Qo’ziqorinlarda qancha kaloriya bor

mazali

Qo’ziqorinlarning protein, yog’ va uglevodlari miqdori jadvali

Find out how many calories are there in mushrooms. Calories chart will help you to find out amount of proteins, fats and carbohydrates are in mushrooms.

Qo’ziqorinlar sabzavotlar kabi asosan suvdan iborat bo’ladi. Kaloriyasi past bo’lgan sababli ular odatda vazn tashlashni istaganlar uchun foydali tushadi. Ular bizni har o’sib chiqqan eriga qarab va erning minerallarga boyligiga qarab xil minerallar bilan ta’minlaydi.

Qo’ziqorinlarda qancha kaloriya bor 
Maxsulot Miqdori Quvvatliligi (kkal) Protein (g) Yog’ (g) Shakar (g)
O’rmon qo’ziqorini 100 g 17 2,2 1,2 0,5
Boletus luteus qo’ziqorini 100 g 9 2,4 0,7 0,5
Yangi pishgan qo’ziqorin 100 g 15 2,1 0,5 0,5
Lisichka 100 g 20 1,6 1,1 1,5
Dolmati 100 g 15 1,7 0,7 1,5
Quritilgan oq qo’ziqorin 100 g 211 27,6 6,8 10,0
Quritilgan leccinum aurantiacum qo’ziqorini 100 g 32 2,3 0,9 3,7
Toza leccinum aurantiacum qo’ziqorini 100 g 231 23,5 9,2 14,3
Yangi leccinum qo’ziqorini 100 g 31 3,3 0,5 3,4
Plastinkasimon qo’ziqorin 100 g 16 1,8 0,5 0,8
Yangi Oq qo’ziqorin (Boletus edulis) 100 g 25 3,2 0,7 1,6
Oq qo’ziqorinning quritilgan qizil boshi 100 g 239 35,4 5,4 12,9

Sabzavotlarda vitamin va minerallar

Ularning tarkibida karotin shaklida A vitamini va oz miqdorda B1 va B2 vitaminlar bor. Boshqa vitaminlar esa qo’ziqorinlarning tarkibida rudimentar miqdorda mavjuddir. Mikroelementlar orasida qo’ziqorin tarkibida kaliy, fosfor, kalsiy va asosan qalpoqchasida mavjud bo’lgan temir moddalar bor.

Qo’ziqorinlar proteinlarga ajoyib manbaidir (tarkibida proteini ko’pligi bo’yicha hayvon va sabzavotlar kategoriyasining o’rtasida turadi), lekin ushbu proteinlardan faqat 60% o’zlashtiriladi. Qo’ziqorin tarkibidagi protein miqdori go’sht, tuxum yoki sut maxsulotlari miqdoridan kamroq bo’lsada sabzi tarkibida proteindan 4 marta ko’p. 

Qo’ziqorinlarni taomlarda ishlatish

Qo’ziqorinli taomlar tarkibida xitin moddalari bo’lgan uchun boy xisoblanadi. Oshqozonga og’irlik qilmasligi uchun qo’ziqorinlarni engil taomlar bilan (misol uchun, kartoshka yoki piyoz) birga iste’mol qilinishi kerak. Gorox, don maxsulotlari yoki bodring kabi og’ir taomlari bilan aralashtirishning oldini olishimiz kerak. Ko’pchilik izlanishlar qo’ziqorinni alkogol bilan birga iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishini ko’rsatadi, chunki bunday xollarda yoqlar birinchi xazm bo’ladi va proteinlar oshqozonda qotishiga hamda ovqat xazm qiluvchi suyqlikka qarshligini oshiradi. 3 yoshgacha farzandlar va qo’ziqorinlarga allergiyasi bor insonlar umuman qo’ziqorin iste’mol qilmasliklari kerak. 

Asrlar davomida Xitoy va Yapon tabobatida qo’ziqorinni saraton, diabet bilan kurashishga va qon aylanishi muammolarini to’g’rilash uchun ishlatilgan. Qo’ziqorinlarning ko’pchilik turlari immunitet tizimini kuchaytiriadi.

Qo’ziqorinni saqlash uslublari

Agar to’g’ri saqlanmagan. tayyorlanmagan, yoki eski, chirigan va buzilgan qo’ziqorinlarni iste’mol qilsangiz zaxarsiz qo’ziqorindan ham zaxarlanishingiz mumkin. Qo’ziqorinlarni xavo o’tadigan konteynerlar yoki savatda saqlashingiz kerak, sumkada saqlangan qo’ziqorinlar buzilib ketishi mumkin. Isitilgan va toza tayyorlangan qo’ziqorinlarni iste’mol qilishimiz kerak, bundan tashqari ularni qayta qizdirish tavsiya qilinmaydi, barchasini bir deganda tayyorlashingiz kerak. Qo’ziqorinlarni tayyorlashdan oldin va keyin ularni yaxshilaab saqlashingiz kerak chunki ular bakteriyalar uchun juda yaxshi muhit. Qo’ziqorinlarni terib kelganingizdan keyin ularni birma-bir ko’rib chiqib, tayyorlashdan oldin yaxshilab tozalashingiz va suvdan chiqarib olishingiz kerak.

,