Tuxumlarda qancha kaloriya bor?

mazali

Tuxumning oqi, sarig’i va tuxumli taomlarning protein, yog’ va uglevodlar jadvali.

Find out how many calories are there in eggs. Calories chart will help you to find out amount of proteins, fats and carbohydrates are in eggs.

Tuxum bu birinchidan organizmimiz loviyali taomlar kabi oson singdiruvchi balanslashgan proteinlarga boydir. Shu o’rinda ular yana kaloriyalik darajasi past. 

Tuxum kaloriyalik jadvali

Maxsulot

Miqdor Quvvatliligi (kkal) Protein (g)

Yog’

(g)

Shakar

(g)

Tovuq tuxumining oqi 100 g 49 10,9 0,2 0,7
Tovuq tuxumining sarig’i 100 g 314 15,5 28,2 0,3
Qurutilgan tuxum oqi 100 g 375 82,4 1,8 7,2
Quritilgan tuxum sarig’i 100 g 613 51,1 52,2 4,7
Qaynatilgan tovuq tuxumi 100 g 160 12,9 11,6 0,8
Tuxum kukuni 100 g 542 44,0 42,4 1,8
Bedana tuxumi 100 g 180 11,9 13,1 0,6
Qovurilgan tuxum 100 g 119 9,8 8,7 0,5
Chala qaynatilgan tovuq tuxum  100 g 159 12,8 11,6 0,8
Chala pishirilgan tuxum 100 g 168 9,9 14,2 0,6
Xonaki tuxum 100 g 139 12,5 9,7 0,6

 

Tuxumlarning oziqalik qiymati

Tuxumning sarig’ida ko’proq protein bo’ladi va u oson singdiriladi. Tuxumlar A, E, D va K hamda B2 va B12 vitaminlarining, B3 vitamini va fosfor, kalsiy, temir va magniy kabi minerallarga boy manbaa’dir. Har bir tuxumning 5g yog’ida faqatgina 0,1g yomon to’yiltirmagan yog’li kislotalardan iborat, lekin ularning tarkibida organizm uchun muhim bo’lgan ko’p to’yintirilmagan yog’li kislotalar bor. Bedana tuxumlarining kattaligi tovuq tuxumining 3/1cha keladi. Ularning qobig’ida qora dog’lar bo’ladi. Qattiq qaynatilgan xollarda (3 minutlarcha) ularni yaxna taomlar yoniga qo’shib iste’mol qilish mumkin. Ular tovuq tuxumlari bilan teng miqdorda kaloriyalar, proteinlar va xolesterolga ega, ammo yog’ miqdori ko’proq bo’ladi. Ular A va D vitaminlar, foliy kislotasi, rux, temir, kaliy, B12 va B6 vitaminlarga juda boy manbadir.

 

Sog’lom parhezda tuxumlarning roli

Tuxum tarkibida xotira va nerv tizimlarimizga foydali ko’p to’yiltirilgan yog’li kislotalarga egadir. Tuxumlarning sarig’i ko’zlarimizni ultrabinafsha nurlaridan ximoya qiluvchi va ko’rish qobiliyatini yaxshilovchi lyuteinga boy. Afsuski, tuxum sarig’i haqiqiy xolesterin bombasi. Ikkinchi tarafdan, u qon tomirlarimizda xolesterin yig’nalib qoishining oldini oluvchi lesitin bilan ta’minlaydi. Haftasiga 5 dona tuxum va tuxumli taomlardan ko’p iste’mol qilmasligimiz kerak. Ba’zi dietologlar bolalar, yoshlar, xomilador ayollarga, emizuvchi onalar va jismoniy og’ir ishlar bilan shug’ullanuvchilarga 7 dona tuxumgacha (undan ko’pi allergiya berishi mumkin) iste’mol qilishga ruxsat berishi mumkin. Yoshi kattalar va jigarida kasalligi borlar tuxum iste’mol qilishni kamaytirishi kerak. Qonida xolesterin miqdori yuqori bo’lganlar haftasiga 2 dona tuxumdan ko’p iste’mol qilmasligi kerak. Lekin tuxumning oqini iste’mol qilishingiz mumkin.

Tuxumlarni saqlash 

Tuxumni muzlatgichda bir oy muddatgacha saqlash mumkin, ularni saqlash uchun maxsus joy bu muzlatgich eshigidagi polkadir.

,