Zanjabil, qalampirmunchoq, dolchin… sovuqroq kunlar uchun isituvchi ziravorlar

mazali

Isituvchi ziravorlarni xususiyatlarini, hamda Kuz yoki Qishning sovuq kunlarida shamollashdan saqlaydigan choy va kofega solinadigan qo’shimchalar haqida bilib oling.

Oshxonadagi dorivor o’simliklar, ziravor, kofe yoki choy uchun tabiiy qo’shimcha sifatida o’z tarkibiga hazm qilishni kuchaytiradigan va yo-yo ta’sirini chetlab o’tuvchi dietadagi insonlar uchun muhim bo’lgan, tana hujayralarini ko’prok energiya ishlab chiqishga undaydigan moddalarni o’z ichiga oladi.

Choy, kofe yoki kakaoga qo’shilganda hidini kuchaytiradigan va isishga yordam beradigan ko’plab mazali hamda foydali tabiiy ziravorlar mavjuddir. Quyidagi ziravor va qo’shimchalar, bakteriya va shamollashga qarshi o’zining noananaviy ikkilamchi rolda ishlatilishi mumkin.

Zanjabil

Tropik Osiyoda 3000 yillar davomida o’stirilib kelinadi. Hindiston taomlari o’zining ziravorli taomlari bilan mashhurdir. Zanjabilni yangi va quritilgan, butun va maydalangan holda olishingiz mumkin.

 Ginger when added to tea enhances flavours and helps in warming up.

Zanjabil hazm qilish va qon aylanishiga yaxshi ta’sir qiladi hamda noyob qizdirish xususiyatlariga ega. U choy (limon o’rnida), kofe yoki bir stakan iliq qizil sharob bilan yaxshidir. Biz yana uni go’shtli, baliqli taomlarga hamda shirinliklarga qo’shishimiz mumkin. U yana shamollashga qarshi moddalarga boydir.

 

Qalampirmunchoq

Qalampirmunchoqlar Malayziya, Indoneziya va Tanzaniya kabi tropik iqlimda o’suvchi doimo yashil qalampirmunchoq daraxtining kurtaklaridir. Qalampirmunchoqlar Yevropaga O’rta Yer dengizi davlatlari orqali kelib qolgan. Kofe yoki choyga qo’shilganda sezgilarimizni qo’zg’aydilar. Ular qizilcha va go’shtli (qovurilgan son go’shti kabi) ovqatlar bilan juda yaxshidir. Ular tozalovchi va og’riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega hamda sizni shamollash va gripdan so’ng tezda kuch to’plashingizga yordam beradi.

Dolchin

Kukun holatida qo’llaniladigan dolchin, Seylonda yetishtiriladigan hushbo’y daraxt po’stlog’idir: po’stlog’ qanchalik och bo’lsa shunchalik sifati yahshi bo’ladi. Odatda uni an’anaviy meditsinada shamollash va tananing umumiy holsizligida ishlatishgan. Tanani isitish uchun uni hushbo’y hidi o’zi yetarli.
Siz uni choy, iliq sharob, pivo, mevali ichimliklar yoki olxo’rili cho’chqa go’shti, olma sousi va albatta, uning davolash xususiyatlari ushbu usulda yo’qolsada, pishirilgan taomlarga qo’shishingiz mumkin.

 Honey has anti inflammatory, rejuvenating and cleansing powers.

Asal
Sut, choy yoki kakaoga qo’shilgan asal, doimiy ravishda shamollab yuradigan insonlar uchun yordam beruvchi ichimlikdir. Asalni shamollashga qarshi, yoshartiruvchi va tozalovchi kuchi mavjud

Asal bolalarni aqliy rivojlanishini va kattalarni tana qarshiligini kuchaytiradi. Siz ularni issiq ichimliklarga solmasligingiz lozim, chunki u ko’plab xususiyatini yo’qotadi. Ruxsat etilgan eng yuqori harorat Selsius bo’yicha 60 darajadir.

Kardamon

Kardamonlar kuchli o’tkir hidi bilan tavsiflanadi. U sut, kofe, shokolad, pishloq va shirinliklar bilan juda yaxshidir. Biroq yana virusga qarshi va tanani kuchaytirish kabi davolash xususiyatlari bilan ham qimmatli. U bronxitlarni davolashda yo’talni yengillashtirib tuzalishni tezlashtiradi. Bundan tashqari u ovqat hazm qilmaslikda, nafasni tozalashda, viruslar tarqalishini oldini olishda va tanani kuchaytirishda yordam beradi.

Apelsin po’stlog’i
Sovuq kechalarda apelsin po’stlog’ining hushbo’y hidi tanaga roxat bag’ishlab oson uyquga ketishda yordam beradi. U choy va iliq sharobda juda mazalidir. U yana tortlarda, zanjabil nonida va …. spagettilarda yaxshidir. Uydagi apelsin po’stlog’ining hidi bosh og’riqni yengillashtiradi. Apelsin po’stlog’idagi  flavonoidlar shamollashga va bakteriyalarga qarshi xususiyatlarga ega.

Achhiq qalampirlar

Sovuq kunlarda taomlarga eng zo’r qo’shimchadir. Uning qizdirish xususiyatlari hech bo’lmaganda bir marta totib ko’rganlar tomonidan ma’lum! U har qanday go’shtlarga qo’shilishi mumkin.

 warming spices for cooler days

Biroq uni issiq shokoladga ham qo’shish mumkin. Achchiq qalampirlar burun bo’shlig’idagi infeksiyalarga qarshi, shilliq membranadagi ajratmalarni suyultirib havo yo’lini tozalash uchun ishlatiladi.

Vanilin

Vanilin hidi barcha hidlarning eng hushbo’yidir. Vanilinni noyob hidi vanil daraxtining po’stlog’idan olinadi. Po’stlog’ uzunasiga ikkiga bo’linadi va ichidan yumshoq massa olinadi. U kofe, choy (vanilinli shakar bilan), pishloqlarda, blinchik, va tortlarda yaxshidir. U likyor va sirop sifatida istima va hazm qilish muammolarida ishlatiladi.

Malina sharbati

U choy va puddinglarda yaxshi ishlatiladi. U shamollashga qarshi eng samarali va foydali davodir. Malinani yog’lari isitish xususiyatlarga ega hamda undagi salitsil kislotasi terlashni qo’zg’aydi.

, , ,