Sabzavot taomlari – qanday qilib ularni to’gri tayorlash mumkin1

mazali

Sabzavotlarni kundalik parxezingizga qo’shishingiz hali hammasi emas.Siz ozuqa miqdorini iloji boricha yo’qotmaslikka harakat qilib tayorlashni bilishingiz kerak.

Sabzavot taomlari ta’mi, hidi, ko’rinishi va iste’mol qilinishi yo’li bilan o’ziga jalb qiladi. Agar biz kuniga beshta sabzavot va bitta meva qoidasini eslab qolsak tanamizga quyida yozilgan asoslarga ko’ra katta foyda keltiramiz:

  • Sabzavotni sotib olayotganimizda yaxshi o’sib chiqqan va yangilarini tanlashimiz kerak. Agar biz muzlatilgan sabzavotlarni sotib olsak ular to’la muzlatilgan ekanligiga ahamiyat berishimiz kerak.
  • Sabzavotlarni yuving va ehtiyotlik bilan po’stini shiling chunki aynan po’st tagida ozuqalar to’plangan bo’ladi.
  • Po’stlarini shilganizdan so’ng toza suvda yuving lekin bo’ktirib tashlamang chunki muhim ozuqalar, vitaminlar va minerallar yo’q bo’lib qolishi mumkin.
  • Bargli sabzavotlar ehtiyotlik bilan yuvilishi shart va barglar ajratilib suv almashtirilishi kerak. So’ng, ularni quriting.
  • Tozalangan yoki kesilgan sabzavotlar darhol pishirillishi, qaynatilishi, dimlanishi kerak. Sabzavotlarni pishirish uchun ustidan muzdak suv quyish noto’g’ri.

Tarkibida karotin moddasi bo’lgan sabzavotlar ozgina yog’ (zaytun yog’i) bilan birga pishirilishi kerak. Ildiz sabzavotlari va loviyalar yopiq holatda pishirilishi kerak. Baqlajonlar oilasidagi sabzavotlar avval ochiq bir qancha daqiqadan so’ng esa yopiq idishda pishirilishi kerak.

  • Pishirish vaqtini kamaytirishga harakat qiling.Sabzavotlarni baland olovda kam vaqt davomida pishiring.
  • Salatlar uchun sabzavotlarni pishirayotganimizda po’stlarini qoldirib sovutganimizdan keyin olib tashlaganimiz yaxshi.
  • Pishirilmagan sabzavot salatlari oxirgi muddatda iste’mol qilinishdan oldin tayorlanishi kerak.
  • Kesilgan sabzavotlarning har bir poriyasi sous yoki yog’ bilan aralashishi kerak chunki ularni ingichka qoplama bilan qoplash narijasida oksidlanishdan himoya qilamiz.
  • Sabzavot taomlari iste’mol qilinishidan avval ko’katlar bilan birga tortilishi kerak.Ko’katlar yangi bo’lsa ohirgi vaqtda kesilib sabzavot salati bilan aralashtiriladi.
, , , , ,