• cooking

Qaynatish va parda pishirish sirlari

mazali

Biz ko’pincha taom tayyorlash usuli ham muhimligini unitib qo’yamiz. Quyida sabzavotlarni qanday pishirish bo’yicha ba’zi maslahatlar keltirilgan.

An’anaviy qaynatish

Qaynatish taomni qaynoq suvda 90-100ºC darajada pishirishdir. Ushbu jarayonda mahsulotlar yumshab foydali moddalar eriydi. An’anaviy qaynatishda taxminan 40% vitamin va minerallar yo’qotiladi, C vitaminiga kelsak mahsulotdagi tarkibining 70% yo’qotilishi mumkin. Ozuqaviy moddalar kam yo’qotilishini ushlab qolish uchun masalliqlarni qaynayotgan suvga solishingiz lozim. Yana qaynatish vaqti iloji boricha oz bo’lmog’i kerak. Shuning uchun suvni qaynatib mahsulotlarni idish usti yopilgan holda pishiring.

Secrets of cooking and steaming

Parda pishirish

Parda pishirish taom tayyorlashning eng sodda va eng foydali usulidir. Ushbu jarayon taomni parga qo’yishdan iborat. Mahsulotlar suvga botirilishi mumkin emas. Ular o’zining tabiiy ta’mi, zichligi va rangini ko’p qismini ushlab qoladi va eng muhimi qimmatli ozuqaviy moddalari saqlanib qoladi. Ushbu usul orqali tayyorlangan taomlar ko’p ziravor talab etmaydi. Parda pishirilgan taomlar yordamida biz butunlay tuz iste’molidan kechishimiz mumkin. Ushbu usulda tayyorlangan taomlar oz kaloriyali bo’ladi va hazm bo’lishi osondir. Ushbu usulning yana bir ustunligi vaqt va kuch sarflash tejaladi chunki bunda an’anaviy taom tayyorlash kabi nazorat ko’p talab etilmaydi. Ushbu usul maxsus uskunalarni talab etmaydi va bu yana bir ustunlik. Osti qalin idish va ichiga sig’adigan savatning o’zi yetarlidir.