Oshxonangizdagi kunlik sabzavotlar

mazali

Oshhonangizdagi sabzavotlar to'grisida ko'proq g'oyalar va ilhomlanishga ega bo'ling. Sabzavotlarni pishirish va taom tayyorlash bo'yicha foydali maslahat va hiylalar.

VEGETABLES-KITCHEN-(03)

O’zingizga yoqadiganini toping

Agarda siz taom tayyorlashni yoqtirsangiz va haqiqatdan ham mazali taomni tayyorlashni yoqtirsangiz u holda sabzavotlar dunyosi kashf etish uchun fantastic dunyodir.

Agarda siz haqiqatdan ham sabzavotlarni tayyorlash va iste’mol qilishni yoqtirsangiz unda ajoyib. Agarda yoqtirmasangiz – u holda yaqin orada o’zgarish bo’ladi.

Har kim uchun biror narsa mavjuddir. Yangi va noma’lum sabzavotlarni imkon bo’lganda totib ko’ring va siz yoqtirib qolasiz. Tabiat taklif etgan hayratlanarli turlar orqali siz turli ta’m va tuzilishlarni bilib olasiz. Doimo yangilikni kashf etish imkoni mavjud va siz o’zingizga yoqadiganini topsangiz siz hech qachon zerikmaysiz chunki sabzavotlarni va sabzavotli taomlari tayyorlashni yo’llari juda ko’pdir. Sabzavotlar taominingizni mazali masallig’i yoki a’lo asosi bo’lishi mumkin.

VEGETABLES-KITCHEN-(02)

Sabzavotlaringizdan to’g’ri foydalaning

Sabzavotlarda – vitaminlar va ozuqalar hamda a’lo ta’m kabi foydali taraflari juda ko’pdir. Ko’plab sabzavotlarni tayyorlash va saqlash oson bo’lgani bilan ularni ajoyib ta’mini saqlab qolish uchun ba’zilari boshqalariga nisbatan ko’proq e’tibor talab etadi. Mazali sabzavotlardan siz istagan vaqtda zavqlanishingiz uchun, biz har bir bosqichda – ularni qanday qilib tayyorlash, pishirish ziravorlash hamda saqlash va muzlatish bo’yicha sizni yo’naltirish uchun bir qancha maslahatlar –tayyorlaganmiz.

VEGETABLES-KITCHEN-(04)

Yangi taomlarni kashf etishning eng ajoyib yo’li bu sayohat qilishdir. Biroq sayohat qilish uchun mablag’ hamda vaqt talab etiladi va taomingiz uchun har safar yangi sabzavot qo’shmoqchi bo’lsangiz samolyotga o’tirishni imkoniyati yo’qdir. Biroq ba’zida mahalliy bozor yoki do’konga borishni o’zi kifoya qiladi. U yerda albatta siz uchun, uni qanday tayyorlashni bilmaganingiz uchun totib ko’rmagan yangi sabzavot topiladi. Yoki siz yoqtirmagan biroq tayyorlash usulini o’zgartirsangiz u haqida fikringiz o’zgaradigan sabzavot bordir? Ba’zida kash etish ekzotik joylar va oshxonalarni talab etmaydi, va yangi yo’l yon atrofingizda bo’lishi mumkin… balkim buvingiz bog’ida o’sayotgandir?

, , ,