Xalqaro taom tayyorlash kitobi

mazali

Xalqaro taomlarninng 100ta eng sara tayyorlash usullari rasmlari bilan. Dunyoga mashhur an'anaviy taomlarni qanday tayyorlashni bilib oling. O'zingizni oshxonangizda xalqaro usta oshpaz bo'ling.

Bizning reseptlar kitobimiz davomiy ravishda tanlangan taomlar respetlari bilan to’lib boradi. Bu yerda siz qiziqarli g’oyalar va dunyoning taomlaridan desertlar va gazaklar bilan birga shirin ovqatlar qilish haqida yo’llanmalar topasiz. Ovqat pishirish va yeyish sizning ehtirosingiz bo’lsa siz to’g'ri joyga keldingiz! Biz ishonamiz, mazali taom pishirish uchun maxsus qobiliyat shart emas, xohish va yaxshi reseptni o’zi yetarlidir.

Bizning saytimiz navigasiyasi sodda qilingan. Siz faqatgina sizga nima kerakligini aniqlashingiz kerak. Masalan, taom, maxsus taom, oilaviy taom g’oyalari yoki dunyo taomlari ustida tajribalar olib borish.

 

Qaysi taomni men tanlashim kerak?

Bizning reseptlarimizni qarab chiqing va biz bilan o’zingizni taomlaringizni rejalashtiring. Shirin pishiriqlar, desertlar, salatlar, baliq, go’sht va sho’rva tayorlang. Siz Ratauil, Nice sabzavot taomi, Xitoy o’rdaki va Sisiliya spagettisi kabi asosiy taomlar reseptini tanlashingiz mumkin. Uyda tayorlangan mayonez, tsatsiki va shular tarkibiga kiruvchi taomlarni biz sizga tavsiya etamiz. Salatlar va souslar kolleksiyasini ham bu yerda topishingiz mumkin.

Nonushta, tushlik va kechki ovqatga nima yeyishim kerak?

Siz shirin taomni izlayotibsizmi? Kulinar ilhom kelishi uchun va turli hil taomlarni topish uchun bizning reseptlar kitobizmizni qarang. Shirin nonushta uchun bizning tavsiyalarimizni qarang – vanil va tovuq bilan bo’lgan Xitoy omleti, vanil kruasan yoki tushlik va kechki ovqat uchun bo’lgan bizning g’oyalarimiz. Desert uchun mashxur Hindiston deserti – Gulab Jamun, Argentina biskviti – Alfajores va pishloqli Italiyaning Tiramisu desertlarini tavsiya etamiz.

Bayramlar va kundalik iste’mol uchun reseptlar

Bayram yoki desert uchun taomlar qidirayotgan bo’lsangiz bizning respetlarimizni qarang. Uchrashuvlar, maxsus ziyofatlar, yilliklar, tug’ilgan kunlar, bayramlar va oddiy kundalik ovqatlarni tayorlash uchun bu yerda siz ilhom olasiz. Biz ayniqsa kichik ziyofat uchun yaxshi bo’lgan Xitoyning Vonton gazakini tavsiya etamiz.

Milliy taomlardan maxsus taomlar

Turli xil millatlardan keluvchi kulinar reseptlar mehmonlarimizni yangi taomlar va yangi hidlar bilan hayratda qoldirish uchun yaxshi g’oya bo’lib keladi. Bu yerda siz Italiyaning lazanya taomi yoki Fransiya taomlaridan bo’lgan oq sharob bilan qurbaqa oyoqlari kabi turli hil Yevropa taomlarining reseptlarini topasiz. Taomlarni pishirishga qiziqqan shaxslar shirin, sog’lom va tez tayorlanuvchi sharq taomlarini tatib ko’rishlari kerak. Masalan, Xitoy, Yapon yoki Tayland taomlari. Yapon sabzavotlari krevetkalar bilan birga yoki Taylandning Mi Krop taomini topsihingiz mumkin. Bu bo’lim vegetrianlar uchun va yog’i kam bo’lgan fast-fud taomlarini o’z ichiga oladi.

Ikki shaxs yoki butun oyla uchun taom tayorlash

Kundalik taom tayorlashning lazzatini kashf qiling. Do’stlar va oila doirasida yaxshi ketuvchi bizning shirin taomlar uchun respetlarimiz ishlating. Pitsa, tabaka, Meksika tortilasi va sushi kabi taomlarni siz qo’lingiz bilan ham iste’mol qilishingiz mumkin. Romantik tushlik uchun mo’ljallangan va tarkibida tabiiy afrodiziak bo’lgan sarimsoq sousili krevetkalar reseptlarni ham topasiz. Reseptlar bilan keluvchi rasmlar sizning taomlar haqida tasavvuringizni kengaytirish uchun ko’makchilik qiladi.

 

Biz sizni kulinar kashfiyotlar qilish uchun taklif qilamiz. Agar siz gurman bo’lib pishirish va yaqinlaringizni hayratda qoldirishni yaxshi ko’rsangiz bizning reseptlar kitobimizni davomiy ravishda qarab turing. Biz bilan ovqat pishirish osonroq va lazzatliroq bo’ladi. Yoqimli ishtaha!

, , , , , , , , , ,