Armaniston Oshxonasidan Olinadigan Kulinar Ilhomlanishlar

mazali

Armaniston oshxonasi faqatgina kabob va sixlangan go’shlardan iborat emasdir – u sabzavotlarni, sut va donlarni ishlatishda noyobdir va sizni kulinar ilhomlanishingiz uchun ko’plab retseptlar bilan ta’minlaydi.

Armaniston taomlari

Armaniston taomlarini boshqa Janubiy Kavkaz taomlaridan ajratadigan xususiyatlardan biri, bu turli foydali masalliqlar – sabzavotlar, dukkaklilar, donlar va sut mahsulotlarini ustalik bilan osongina, boshqa kulinar an’analarda kam yoki uchramaydigan, noyob taomlar tayyorlashdir.

Shuning uchun ushbu taniqli bo’lmagan, shashlik go’shti va pitta noni bilan bog’liq oshxona sabzavot pishirmoqchi yoki yaxshi va foydali taom iste’mol qilmoqchi bo’lganlar uchun juda katta kulinar ilhomlanish manbaidir.

Ko’p miqdorda foydali masalliqlardan tayyorlanadigan Armaniston oshxonasining maxsus taomlari quyidagilardir:

Yasmiq salat – bu jigarrang yasmiq, pomidor, piyoz, zaytun yog’i, limon suvi va maydalangan petrushka aralashmasidir. Baqlajon, no’xat va boshqa sabzavotlar yanada mazali bo’lishi uchun aralashmaga qo’shilishi mumkin.

Blghourapour

Ushbu shirin sho’rva, uzum suvida qaynatilgan archilgan bug’doydan iborat va u jaranglashidan ko’ra mazaliroqdir. U shirindir va har kimni o’ziga chorlamaydi.
 
Jajukh siz totishingiz mumkin bo’lgan salatlar ichida eng noyob va soddasi bo’lib u qatiq yoki sarimsoq sousi va to’g’ralgan bodringdan tayyorlanadi. Unga yana masalliq sifatida pomidor suvi, taxini va limon suvini qo’shishingiz mumkin.

Dzavarapour – kartoshka, archilgan bug’doy va pomidor pyuredan tashkil topadi, yana taom tayyor bo’lishidan biroz avval tuxum sarig’ini qo’shish mumkin.

Oddiylik, har-xillik va o’ziga hoslik – Armaniston taomlarini yoqtirish uchun ko’p sabablar bor. Yuqorida keltirilgan taomlar xamir uchidan patirdir – agarda siz Armaniston taomlarini tayyorlash usulini chuqurroq o’rgansangiz, siz buyuk retseptlaringizni ko’paytirishda yetarlicha kulinar ilhomlanishlarni o’zingizga kashf etasiz. Umuman aytganda, buni juda tavsiya etamiz!

, ,