• corpo

Tarix

Fransiyaning shimolida paydo bo’lib hozirgi kunda 80 dan ortiq davlatlarda ish olib boruvchi korxonaning juda qiziqarli tarixi bilan tanishing.

Tarix1853 yili Louis Bonduelle oziq ovqat sanoati yo’nalishida biznesga kiradi. Avloddan avlodga kompaniyaning dastlabki faoliyatlari (distirlash, shakar tozalash, hamirturush tayyorlash) rivojlandi. 1926 yili birinchi no’xat hosilini yetishtirish bilan, sabzavotlarni saqlash faoliyati boshlandi. Ushbu yangi faoliyatni tez o’sishi 1957 yili, no’xat va sabzi aralashmasini yirik savdo muvafaqqiyati bilan yakunlandi.

Innovatsiya ruhi kompaniya bilan birga qoldi, 1968 yili muzlatilgan sabzavotlar texnologiyasiga, undan so’ngra esa 1990 yillarda yangi sabzavotlar texnologiyasiga (qoplangan salat va delikates salat) o’tildi.

Shu bilan bir qatorda 1960 yillarda Bonduelle o’z faoliyatini Fransiyadan tashqari va okean orti, xalqaro darajada kengaytirdi. Bonduelle brendi bugungi kunda 100 ta davlatda mavjud.

Bonduelle Guruhi 1998 yili Parij Qimmatbaho Qog’ozlar Bozorining ikkilamchi bozoriga o’zini dunyo miqiyosida sabzavotni qayta ishlash texnologiyasi mavjudligi hamda iste’molchilar tarafidan mahsulotlarni yuqori sifatliligi va yangilikka intiluvchanligi tan olingan guruh sifatida qo’shildi.
Bonduelle Guruhi oziq ovqat sanoatida 150 yillik yubileyini 2003 yili va brendning 60 yillik yubileyini 2007 yili nishonladi.

Ko’proq ma’lumot uchun, kompaniya veb sahifasiga tashrif buyuring http://www.bonduelle.com

, ,