• corpo

Ishlab chiqarish jarayoni

Bonduelle guruhining maqsadi - talabni oldindan bilish, yangi mahsulotlarni yaratish va barcha mijozlarimizni hayratlantirish va mamnun etishdir.

Bonduelle tajribasi orqali innovatsion ishlab chiqarish

“Turli-mahsulotli” va “turli-texnologiyali” xalqaro mutaxassis sifatida, Bonduelle iste’molchilarga yangi, konservalangan va muzlatilgan sabzavotlarni taklif qiladi.

Mustaqil laboratoriyalarda o’tkazilgan doimiy tahlillarga qo’shimcha ravishda, har bir ishlab chiqarish bo’limlari qat’iy qoidalarga asosan o’zining tekshiruvlarini o’tkazadi. Bularga mahsulotni qabul qilinganda uning yangilik darajasi, barcha ishlab chiqarish jarayonida standartlarga rioya qilish va tayyor mahsulotni mikrobiologik barqarorligini ta’minlash kiradi.

Buyurtma qabul qilingandan to yetkazib bergunga qadar va agronomik tadqiqotlardan mahsulotlarni tayyorlashgacha barcha bo’g’inda Bonduelle zanjirining har bir ishchisi xaridorlarga yuqori darajada xizmat va mahsulot yetkazishga o’rgatilgan.

Bonduelle konservalash jarayoni

Ushbu 3D-film Bonduelle sabzavotlari yarim kundan kam bo’lgan vaqt ichida konservalash jarayonini namoish etadi.

Sabzavot seleksiyasi va hosil yig’ishtirish
Bizning qishloq xo’jaligidagi hamkorlarimiz mahsulotlarni to’g’ri ta’minot kanallariga asoslangan holda yetkazadilar va boshqariladigan fermer xo’jaligiga amal qiladilar.

Mahsulotni qabul qilish
Mahsulotlar zavodga qabul qilingach bir qator tekshiruvlar amalga oshiriladi:

  • Tahlil
  • Tekshiruv (maza, rang, nav, pishganlik va hokazo)
  • Belgilangan talablarga to’g’ri kelishi

Ventilyatsiya yordamida saralash
Zichroq bo’lgan mahsulotlar (urug’lar) yengilroq mahsulotlardan (barg va qobiqlar) havo haydash orqali ajratiladi.

Elakdan o’tkazish
Elakdan o’tkazish zich bo’lgan mahsulotlarni (tosh, shisha va hokazo) sabzavotlardan suv yordamida ajratishdan iborat.

Yuvish
Yuvish Bonduelle sabzavotlarini tayyorlashdagi muhim jarayondir ushbu jarayonda sabzavotlar begona unsurlardan (tuproq, chang) va tuproqdagi kirlatuvchi moddalardan tozalanadi.

Kesish
Sabzavotlar teshiklardan o’tganda ularning chekkalari kesiladi. Bu jarayon ust va qobig’dan ajratadi, misol uchun loviyalarda.

O’lchash
Kichik va o’ta kichik bo’lgan sabzavotlar o’lchamlari bo’yicha saralash uchun teshik tsilindrlardan o’tkaziladi.

Suvga pishish
Suvga pishish sabzavotlarni qayta ishlash jarayonida standart amaliyot hisoblanadi, ushbu jarayonda issiq suv va/yoki bug’ ishlatiladi. Ushbu orqali gazlar va sabzavotlardagi kuchli hidlar yo’qotiladi. Ushbu bosqich fermentlarni parchalanishini kamaytirishga ta’sir qiladi.

Qadoqlash
Qadoqda ko’rsatilgan sabzavotlar soni aniq o’lchanadi va qadoqlanadi.

Marinadlash
Sterilizatsiya qilingan mahsulotlarning asosiy qismiga suv, tuz va ziravorlardan tayyorlangan “sharbat” quyiladi bu masalliqlarni xushbo’y qiladi va tayyorlashni osonlashtiradi.

Berkitish
Bankalar original va ishonchli usul bilan germetik tarzda yopiladi. Mahsulotni germetik bo’lishi to’g’ri konservalash uchun muhimdir. Saqlash muddati konservada ko’rsatiladi.

Sterillash
Mahsulotni iste’molga yaroqsiz holatga keltiradigan mikroblar issiqlik orqali yo’qotiladi. Ushbu jarayon mahsulotni pishirish va saqlash uchun ham ishlatiladi.

Saqlash
Sovutilgandan so’ng konservalar palletlarga joylashtirilib omborlada saqlanadilar.

Etiketkalash
Etiketka iste’molchiga o’z tilida konserva tarkibi, taqdim etish usullari bo’yicha maslahatlar, og’irligi, ozuqaviy birligi va hokazolar to’grisida ma’lumot beradi.

Sifat nazorati
Tayyorlash va saqlash jarayonlari oralig’ida, harorat, bakteriyalar va og’irlik bo’yicha ko’plab sifat nazoratlari o’tkaziladi. Bonduelle fermadan to mahsulotni jo’natishga qadar a’lo darajadagi kuzatuvchanlikni ta’minlaydi shuning uchun mahsulot sifati bo’yicha muammo tug’ilganida uni tezlik bilan bartaraf etadi.

Qadoqlash va saqlash
Etiketkalangan konservalar omborlarda pelletlarda saqlanadi.

Yetkazib berish
Konservalar yuk moshinalarda sotish nuqtalariga yetkaziladi.

Muzlatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni

Ushbu 3D-film Bonduelle sabzavotlari yarim kundan kam bo’lgan vaqt ichida muzlatilayotgan jarayonni namoish etadi.

Sabzavot seleksiyasi va hosil yig’ishtirish
Bizning qishloq xo’jaligidagi hamkorlarimiz mahsulotlarni to’g’ri ta’minot kanallariga asoslangan holda yetkazadilar va boshqariladigan fermer xo’jaligiga amal qiladilar.

Mahsulotni qabul qilish
Mahsulotlar zavodga qabul qilingach bir qator tekshiruvlar amalga oshiriladi:

  • Tahlil
  • Tekshiruv (maza, rang, nav, pishganlik va hokazo)
  • Belgilangan talablarga to’g’ri kelishi

Elakdan o’tkazish
Elakdan o’tkazish zich bo’lgan mahsulotlarni (tosh, shisha va hokazo) sabzavotlardan suv yordamida ajratishdan iborat.

Yuvish
Yuvish Bonduelle sabzavotlarini tayyorlashdagi muhim jarayondir ushbu jarayonda sabzavotlar begona unsurlardan (tuproq, chang) va tuproqdagi kirlatuvchi moddalardan tozalanadi.

Suvga pishish
Suvga pishish sabzavotlarni qayta ishlash jarayonida standart amaliyot hisoblanadi, ushbu jarayonda issiq suv va/yoki bug’ ishlatiladi. Ushbu orqali gazlar va sabzavotlardagi kuchli hidlar yo’qotiladi. Ushbu bosqich fermentlarni parchalanishni kamaytirishga ta’sir qiladi

Muzlatish
Mahsulot sifatini ta’minlash uchun harorat tezlik bilan -18° С darajagacha tushiriladi. Sabzavotlar -18° С darajadan past bo’lgan omborlarda katta konteynerlarda saqlanadi.

Tortish va qadoqlash
Mahsulot o’lchanadi va paketlarga yoki qog’oz kutilarga joylashtiriladi. Saqlash muddati har bir qadoqda yoziladi.

Sifat nazorati
Tayyorlash va saqlash jarayonlari oralig’ida, harorat, bakteriyalar va og’irlik bo’yicha ko’plab sifat nazoratlari o’tkaziladi. Bonduelle fermadan to mahsulotni jo’natishga qadar a’lo darajadagi kuzatuvchanlikni ta’minlaydi shuning uchun mahsulot sifati bo’yicha muammo tug’ilganida u tezlik bilan bartaraf etiladi.

Qadoqlash
Qadoqlangan mahsulot qog’oz qutilarga joylashtirilib harorati -18 ° C darajadan past bo’lgan omborlarda saqlanadi.

Yetkazib berish
Sabzavotlar muzlatgichli yuk moshinalarda savdo nuqtalariga yetkaziladi.

, , ,