• corpo

Bizning faoliyatlarimiz

Bugungi kunda Bonduelle kontserni dunyoning qayta ishlangan sabzavotlari bozorida yetakchi o’rinni egallaydi.

Bizning faoliyatlarimiz

YAGONA BIZNES

Bonduelle hozirda qayta ishlangan sabzavotlar bo’yicha dunyo yetakchisidir. Ushbu o’zgaruvchan sektorda, texnologiyalar rivojlanishi doimiy o’zgarib turgan bir paytda, Bonduelle o’z nou-xausini to’rt texnologiyaga qaratadi:

  • Iste’molga tayyor yangi sabzavotlar
  • Delikates sabzavotlar
  • Muzlatilgan sabzavotlar
  • Konservalangan sabzavotlar

SIFAT SAQLANISHI

Bonduelle uchun mahsulotining sifati eng birinchi darajalidir. Butun ishlab chiqarish tizimi mahsulotning mazasi va ozuqaviy qiymatini saqlash uchun yo’naltirilgan.
Mahsulotni sifatini hamda mahsulot kuzatuvchanligini kafolatlash uchun turli ishlab chiqarish pog’onalarida tekshiruvlar mavjud:

  • Yetkazib beruvchi va urug’ tanlovi
  • Hosil monitoringi
  • Sabzavotlarning pishishi va xususiyatlari pog’onasi
  • Ishlab chiqarish jarayoni
  • Retseptlar
  • Qadoqlash

MAJBURIYAT

Bonduellening umumiy ishlab chiqarish tizimi, barcha ozuqaviy qiymatini saqlagan mazali va sog’lom mahsulotlar taklif etish uchun tashkillashtirilgan. Shuning uchun Bonduelle barcha turdagi mahsulotlarini mukammal sifatini kafolatlash maqsadida, barcha ishlab chiqarish jarayonlariga va mahsulot tayyorlashda jalb etilgan barcha tomonlar (fermerlar, ishlab chiqaruvchilar, savdo bo’limlari va hokazo)ga qat’iy qoidalar o’rnatgan.

4 BREND

Bonduelle Xalqaro brend, turli texnologiyalar, turli kanallar
Cassegrain Fransiyada, eng talabgor iste’molchilar uchun, Bonduelle Cassegrain brendi ostida to’rtburchak qutiga qadoqlangan hamda quyon ramzi tushirilgan turli mahsulotlarni taklif etadi.
Arctic Gardens Canadadagi muzlatilgan mahsulot brendi.
Globus Rossiya va MDXdagi Konservalangan mahsulot brendi.

TABIATGA HURMAT: ATROF MUHITGA DO’STONA FERMERLIK

Har tomonlama yondashuv

Bonduelle tomonidan o’rnatilgan fermerlik tizimi hurmatga sazovor va samarali, sog’lom va barqarordir. U, iste’molchilarga eng yaxshi xizmat ko’rsatish va talablarini qondirish maqsadida, fermerlar moliyaviy maqsadlari va atrof muhit hurmati o’rtasida haqqoniy muvozanatni ta’minlaydi.

Turg’un rivojlanish to’g’risida ko’proq ma’lumot olish uchun, http://sustainability.bonduelle.com ga tashrif buyuring.

Umumiy majburiyat

Guruhning agrar qarashini standartlashtirish va eng yaxshi sifatni kafolatlash maqsadida, Bonduelle qishloq xo’jalik bo’limi hamda fermerlar, ta’minotchilar va yetkazib beruvchilar o’rtasida ta’minot kelishuvi tashkil etildi. Bu o’z navbatida, turli mahsulotlarga ega bo’lishni, istalgan sifatni kafolatlashni, va har bir mahsulot kuzatuvchanligini kafolatlashni ta’minlaydi. Chunki Bonduelle sizga sabzavotlarni eng yaxshisini taklif qilishga harakat qiladi.

Bonduelleda GM mavjud emas

Bizning mahsulotimiz sabzavot, tabiiy mahsulot.  Bu bizni urug’ yetkazib beruvchilar bilan birgalikda, selektsiya va gibridlash sohasida noyob nou-xauni, ishlab chiqishga yonaltirdi.

Biz fermerlarga urug’ yetkazishni nazorat qilamiz, va yaqin orada bo’layotgan munozaralar tufayli, endilikda ehtiyot chorasi sifatida genetik modifikatsiyalashtirilgan urug’lardan foydalanmaslikka qaror qildik.

Sabzavotchilik sohasida Global mutaxassis sifatida, sabzavotlarimizning ozuqaviy, organoleptik va iqtisodiy sifatlarini yaxshilanish taraqqiyoti bo’yicha xabardor bo’lish bizning majburiyatimizdir.

Shuning uchun biz biotexnologiyalar taklif etadigan qulay sharoitlarni, quyidagilarni inobatga olgan holda ko’rib chiqamiz:

  • rivojlanishda qat’iy xavfsizlik choralarini hisobga olish
  • ishonchlilik va ochiq oydinlikni har tomonlama kafolatni ta’minlaydigan hamkorlarni tanlash
  • mahsulotlarimizni etiketkalash orqali o’zimizni tutgan o’rnimiz haqida xabardor qilish
, , , , ,